Ha, Tayson bilan jang qilmoqchiman. Hatto 57 yoshimda ham bu ishni uddalay olaman. Maykka nisbatan hech qanday adovatim yo'q. Gap kimningdir g'olib bo'lishida emas, maqsad biz birgalikda yaxshi jang qila olishimizni va o'z davrimizning buyuk jangchilaridan ekanimizni ko'rsatib qo'yish. Ikkimiz ham boksga qaytishimizni e'lon qilganimizdan keyin men va Mayk o'rtasidagi jang barcha ko'rishni xohlaydigan voqeaga aylanadi”, – dedi Holifild.
Tayson va Holifild ilk bor 1996 va 1997 yillarda raqiblar sifatida ringga tushgan. Ilk jangda Holifild nokaut evaziga g'alaba qozongan bo'lsa, ikkinchi to'qnashuvda Mayk raqibining qulog'ini tishlab olgan va diskvalifikatsiya qilingan.
eslatib o'tamiz, avvalroq 53 yoshli Mayk Tayson ringga qaytish va bir nechta ko'rgazmali jangda qatnashish istagida ekanini ma'lum qilgandi. Ko'p o'tmay, uning ortidan 57 yoshli Holifild ham boksga qaytishini e'lon qildi.