Ever Given konteyner tashuvchisi sayozlikdan chiqarildi

    Dolzarb 29 Mart 2021 579

    Suvaysh kanalida sayozlikda qolib ketgan Ever Given konteyner tashuvchisi sayozlikdan chiqarildi. Bu haqda 29-martda Bloomberg agentligi xabar bergan.

    Hozirgi vaqtda kanalda harakat qachon tiklanishi nomaʼlum. Yakshanba kuni Misr Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi Ever Given konteyner tashuvchisini yuklardan boʻshatish haqida buyruq bergan.

    23-martdan Suvaysh kanali janubida sayozlikda qolib ketgandi Panama bayrogʻi ostidagi Ever Given konteyner tashuvchisi kanaldan oʻtish yoʻlini toʻliq bekitib qolgandi. Kemani boshqarayotgan Yaponiyaning Shohei Kisen kompaniyasi voqeaga qattiq shamolni sabab qilib koʻrsatgan.

    Xabar berilishicha, kemaga 20 mingdan ziyod ogʻir vazndagi konteynerlar yuklangan boʻlib, ular Xitoydan Niderlandiyaning Rotterdam portiga yoʻl olgan. Bu mazkur turkumdagi eng katta kemalardan biri sanaladi: uning uzunligi 400 metrni, eni esa 59 metrni tashkil etadi, deb xabar beradi “Izvestiya”