Men shtatidagi universitet xodimlari mazkur cho'qqining janubiy qiyaligidagi dovonda olib borilgan ekspeditsiyadan so'ng ana shunday xulosaga keldi.
“Bizning o'lchovlarimiz antropogen omillar ta'sirida yuzaga kelayotgan iqlim o'zgarishlari tufayli 1990 yillar oxirlaridan boshlab Everest muzliklari kamaya boshlaganini ko'rsatdi”, deydi universitetning ilmiy xodimi Pol Mayevski.
Olimlar mazkur cho'qqining yaqinda tushirilgan suratlari bilan 1990 yilgi suratlarni taqqoslab, tegishli o'lchovlarni amalga oshirgach, muzliklar tuzilishi avvalgiga nisbatan 80 baravarga o'zgarib borayotganini tasdiqladi. Ekspertlar muzliklar qalingili 55 metrga kamaygan, degan xulosaga kelishdi, deya xabar beradi m24.ru.