Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda “Play this” studiyasi tomonidan yaratilgan mazkur film festivalning “KIM Jiseok Award” nominatsiyasida eng yaxshi film deb topildi.

Filmning syujetida oʻzbekistonlik qahramon taqdiri, ruhiy kechinmalari, uning sovet davrida harbiylar safida xizmat qilgani va urushga borgani haqida hikoya qilinadi. Urush uning va atrofidagi insonlarning hayotini butunlay oʻzgartirib yuboradi.

Koʻp yillar oʻtib, koʻplab hayot mashaqqatlarni boshidan kechirgan qahramon tinchlik oʻrnatilgandan keyin Oʻzbekistonga oʻz vataniga qaytadi. Filʼm voqealari Oʻzbekistonda, Afgʻonistonda, Misrda va Buyuk Britaniyada suratga olingan..

Film ssenariy muallifi va rejissyori Yolqin Toʻychiyev, prodyuser Avazxon Tojixonov, operator Rustam Murodov, rejissyor Bektosh Radjabov, rejissyor Shokir Nabiyev. Aktyorlar guruhida Oʻlmas Urayev, Bahrom Matchonov, Botir Abdurahmonov, Joʻrabek Arziyev, Ilʼmira Rahimjonova, Yulduz Rajabova, Igorʼ Buxaidze, Evgeniy Moskvichev va boshqalar ishtirok etgan.

"Busan International Film Festival” Osiyodagi yirik kinofestivalʼ boʻlib, Janubiy Koreyaning Pusan shahrida 1996-yildan buyon oʻtkazib kelinadi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati