“Evrilish” voqealari Afg'oniston va Misr davlatlarida ham bo'lib o'tadi

    “O'zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Play this” kinostudiyasi tomonidan “evrilish” badiiy fil`mi suratga olinadi.

    Fil`mni xalqaro mukofotlar laureati, mahoratli rejissyor Yolqin To'ychiev suratga olmoqda. Hozirda ijodiy guruh Misrning Kohira shahrida kinofil`mning tasvirga olish ob'ektlari bilan tanishishmoqda. U erda “Egyptian Media Production City” studiyasi vakillari bilan fil`m bo'yicha muzokaralar boshlandi.

    Mazkur fil`mda bir inson hayotida kechgan sinovli daqiqalar va uning ruhiy kechinmalari hikoya qilinadi.

    Postanovkachi rejissyor va stsenariy muallifi Yolqin To'ychiev, postanovkachi operator Rustam Murodov, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, kartina direktori Shokir Nabiev.

    Fil`mda Bahrom Matchonov, Jurabek Arziev, Igor` Buxaidze, Evgeniy Moskvichev, Sardor Nozimov, Sabina Asanova, Sanobar Haqnazarova kabi mahoratli aktyorlar turli xarakterdagi rollarni ijro etishadi.

    Fil`mning suratga olish ishlari O'zbekiston, Afg'oniston, Qozog'iston, Rossiya, Misr va Angliya davlatlarida bo'lib o'tadi.

    “O'zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati