Futbol boʻyicha 2028 va 2032-yillardagi Yevropa chempionatlari mezbonligi kimlar daʼvogarlik qilmoqda?

UYEFA tarqatgan xabarda aytilishicha, Turkiya 2028 yoki 2032-yilgi turnirni oʻtkazishga daʼvogar. Italiya faqat 2032-yilgi qitʼa chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirgan. Shuningdek, Buyuk Britaniya va Irlandiya Yevro-2028 mezbonligi uchun birgalikda ariza bergan.

Nomzodlar yakuniy hujjatlarni kelgasi yil apreligacha topshirishlari kerak. Yevro-2028 va Yevro-2032 oʻyinlari oʻtkaziladigan mamlakatlar nomi 2023-yilning kuzida eʼlon qilinadi.