2024/25 yilgi mavsumdan boshlab yevrokuboklar, jumladan Yevropa Chempionlar ligasi formatiga oʻzgarishlar kiritiladi. Bu haqda UEFA vakili maʼlum qildi.
Yangi format “shveysarcha tizim”da oʻtkazilib, 2024/25 yilgi mavsumdan boshlab guruh bosqichi oʻrniga 36ta klubdan iborat yagona liga tashkil etiladi.
Turnir eng kamida 8 turdan iborat boʻlib, shundan soʻng eng yaxshi 24ta jamoa pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Sakkizta eng yaxshi natijaga ega jamoa Chempionlar ligasining 1/8 finaliga, qolgan 16ta jamoa – 9-24-oʻrin egalari 1/16 finalga yoʻllanma olib, pley-offda ikkita oʻyin oʻtkazadi. Yevropa ligasi va Konferensiyalar ligasi ham shu tizimda oʻtkaziladi.
UYEFA bayonotida qayd etilishicha, jamoalar ichki musobaqalardagi koʻrsatkichlariga koʻra turnirga yoʻllanma oladi. Qolaversa, UEFA koeffitsiyentlar tizimidan voz kechadi va 2024-yildan boshlab Chempionlar ligasi uchun ikkita qoʻshimcha yoʻllanma avvalgi mavsumni eng yaxshi oʻtkazgan ikki davlat jamoasiga beriladi.