Tomonlar inson taraqqiyoti indeksi, BRMni amalga oshirish, xavfsiz mehnat migratsiyasini tashkil etish kabi sohalarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Shuningdek, ushbu muhim yoʻnalishlarni rivojlantirish bilan birga, ijtimoiy inklyuzivlik va iqtisodiy barqarorlik boʻyicha ilgʻor amaliyot va tajriba almashish, taʼlim, sogʻliqni saqlash sohalari hamda kambagʻallikka qarshi kurashish borasida samarali hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Yevropa Ittifoqi tomonidan parlamentarizmni mustahkamlash boʻyicha “Inter Pares” global dasturi loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlarni faollashtirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.