Yevropa Ittifoqi karantin muddatini qisqartmaslikni soʻraydi

    Dolzarb 3 Sentabr 2020 495

    Yevropa Ittifoqi Yevropa mamlakatlari Hukumatlariga murojaat qilib, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlar uchun 14-kunlik karantin muddatini qisqartmaslikni soʻradi.

    Bunga sabab baʼzi manfiy test natijalari aniqlangan bemorlarda kasallik ikki haftadan keyin ham rivojlanayotgan ekanligidir. Bu haqda Ittifoq sogʻliqni saqlash agentligi rahbari Yevropada yangi kasallanish uchqunlari paydo boʻlayotganidan xavotir olib, eʼlon qilgan.

    Yevropa kasalliklarni profilaktika va nazorat qilish markazi (ECDC) rahbari Andrea Ammon xonim Yevroparlamentning navbatdagi yigʻilishida “Agar karantin muddati qisqa boʻlsa, qanaqangi masʼuliyatni zimmalariga olayotgani haqida qaror qabul qilayotgan siyosatchilarni ogohlantirib qoʻymoqchimiz”, — degan. U kasallanishning 3-4 foiz holatida infeksiya 14 kundan keyin, paydo boʻlishi, bu esa COVID-19 karantinining hozirgi vaqtida qabul qilingan standart davomiyligiga toʻgʻri kelishi haqida ogohlantirgan.

    Germaniya YEI rahbariyatiga Niderlandiya va Norvegiya avgust oyi soʻngida ushbu harakatni amalga oshirganidan keyin karantin muddatini qisqartirishi haqida xabar bergan. Germaniya hukumati qaroriga koʻra, 1-oktyabrdan boshlab, kasallik xavfi kuchli hududlardan sanalgan chet mamlakatlardan qaytgan oʻz fuqarolari 14 kun emas, 5 kun davomida karantinda boʻladi.

    Ekspertlarning taʼkidlashicha, COVID-19 profilaktikasining qisman yengillashtirilishi koʻpchilik Yevropa mamlakatlarida kasallikning yangi uchqunlari paydo boʻlish jarayoni bilan bogʻliq.

    Kasalliklar sonining ortishi qisman, qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilishi bilan tushuntirilyapti. Shu bilan birga, asosan qayta ochilgan diskoteka, tungi klublar, plyaj va hokazolarga borayotgan yoshlarda kuzatilayotgani taʼkidlangan. Ammon xonimning soʻzlariga qaraganda, soʻngi bir necha kunda yoshi ulugʻ yevropaliklar orasida shifoxonaga tushuvchilar soni koʻpaygan.