Shu yoʻl bilan atrof-muhitni plastik mahsulotlar vositasida ifloslantirishning oldini olish maqsad qilingan.
“Yevropa bir martalik plastik likopchalar, ovqatlanish vositalari, havo shari tayoqchalari, ovqat konteynerlari va boshqa yelim idishlardan voz kechmoqda”, deb yozadi atrof-muhit boʻyicha yevrokomissar Virginiyus Sinkyavichyus oʻzining Twitter sahifasida.
Tadbirkorlarga bunday mahsulotlarning qogʻoz, shisha yoki yogʻoch koʻrinishidagi muqobilini koʻrib chiqish tavsiya etildi.
Yevropa Ittifoqi 2025-yilda plastik xaltalardan foydalanishni ikki baravarga kamaytirish niyatida.
Plastik chiqindilarning atrof-muhitga, xususan, dengiz va okeanlarga koʻp miqdorda chiqarilishi mikroplastiklar (plastik qismi) toʻplanib qolishiga olib kelmoqda. Maʼlumki, mikroplastik uzoq vaqt oʻzining molekulyar tarkibini saqlab qoladi. Ular baliklar, dengiz va quriqlikdagi sutemizuvchilar, hattoki, odam organizmida ham aniqlangan.
Olimlar mikroplastiklar koʻplab kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkinligini taʼkidlamoqda.