Respublika kunida Italiya prezidenti Serdjo Mattarello Kodon`o shahriga bordi. Fevral oyida bu shahar virus tarqalayotgan markazlardan biri edi. Bugun esa bu hudud Evropalik turistlarga quchoq ochmoqda. 3 iyundan bu erda majburiy karantin choralari bekor qilindi.
Evrokomissiya tavsiyasi bilan Rimning iqtisodiyotni tiklash uchun rejadan ikki hafta oldin karantin choralarini yumshatishiga va tavakkal qilishiga to'g'ri keldi.
Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarrisning fikricha, G'arbiy Evropada yangi zararlanganlar ko'rsatkichi pasayishi qayd etilmoqda. Ko'rsatkichlar sekin pasaymoqda, lekin stabillik bor. Gap kunlik zararlanishlar haqida emas, umumiy ko'rsatkichlar to'g'risida ketmoqda.
SHu bilan birga mutaxassis karantinni birdaniga yumshatish koronavirusning ikkinchi to'lqinini boshlab berishi mumkinligini aytmoqda.
Evropada birinchi bo'lib Germaniya aholisiga barlarga kirishiga ruhsat berdi va tez orada mahalliy chegaralar ochilishini ham ma'lum qildi. Xolbuki, Quyi Saksoniyaning janubida joylashgan Gyottengenda oilaviy bazm uyushtirilishi oqibatida 35 kishida qoronavirus aniqlanib, 160 kishi karantinga olingan. Ularning uchdan biri bolalardir.
Buyuk Britaniyada mart oyiga qaraganda o'lim ko'rsatkichi juda past raqamlarda qayd etilmoqda. Ammo bu raqamlar hali nisbiy. CHunki 2 872 nafar bemor virus bilan kurashmoqda. Lekin hukumat karantin choralari yumshatilishini e'lon qilmoqda.