Rossiya turistlar Assotsiatsiyasida barcha Yevroittifoq mamlakatlari Rossiya Federatsiyasidagi koronavirus holati tufayli rossiyalik sayyohlar uchun kamida avgust oyining ikkinchi yarmigacha chegaralarini ochishni rejalashtirmaganligini tushuntirgan.

Undan tashqari, YEI tarkibiga kiruvchi ikkita mamlakatning rossiyalik sayyohlarni qabul qilish boʻyicha vaqtinchalik chegaralashni saqlab qolishi maʼlum boʻlgan. Ulardan bir Finlyandiya boʻlib, uning chegarasi rossiyaliklar uchun 25-avgustgacha yopiqligicha qoladi. Estoniya esa sentyabrgacha chegarasi yopiqligini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Rossiya mart oyida koronavirus tufayli toʻxtatilgan xalqaro aviaqatnovlarini avgust oyidan boshlab tiklaydi. 1-avgustdan London, Anqara, Istanbul va Tanzaniya poytaxti Zanzibarga avia reyslar yoʻlga qoʻyiladi.

Avval Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya boshqa mamlakatlar bilan oʻzaro ikki tomonlama prinsipiga asosan chegaralarini ochishini maʼlum qilgandi.