Sunʼiy yoʻldoshlar karbonat angidrid chiqindilarini nazorat qiladi

    Chiqindi manbaini aniqlay oladigan dastlabki ikkita sunʼiy yoʻldosh 2025-yil oxiriga qadar fazoga uchiriladi.

    Yevropa kosmik agentligi Germaniyaning OHB System AG kompaniyasi bilan issiqxona taʼsirini keltirib chiqaradigan karbonat angidrid chiqindilarini kuzatish uchun sunʼiy yoʻldoshlarni ishlab chiqish boʻyicha shartnoma imzoladi.

    TASS maʼlumotlariga koʻra, chiqindi manbayini aniqlay oladigan dastlabki ikkita sunʼiy yoʻldosh 2025-yil oxiriga qadar fazoga uchiriladi. Yevropa kosmik agentligi sunʼiy yoʻldoshlarni qayta ishlash uchun 445 million yevro ajratdi. Bu inson faoliyati natijasida kelib chiqadigan CO2 chiqindilarini oʻlchash boʻyicha birinchi missiya boʻladi.

    Qayd etilishicha, atmosferadagi karbonat angidrid miqdori doimiy ravishda oʻsib borayotganligi sababli, chiqindi manbalarini kuzatib borish zarurati tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Kelajakdagi sunʼiy yoʻldoshlar iqlim oʻzgarishini hal qilish uchun zarur boʻlgan siyosatni shakllantirishga yordam beradi.

    Avvalroq YeIning qazib olinadigan yoqilgʻini bosqichma-bosqich tugatish rejasi haqida xabar berilgan edi. 2050-yilga kelib Yevropa Ittifoqi energiya tizimini oʻzgartirishi va iqlim neytraliga aylanishi kerak. Bu Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida issiqxona gazlari chiqindilarining 75 foizini tashkil etadigan energiya tizimiga tegishlidir.

    BMT maʼlumotlariga koʻra, koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan karantin issiqxona gazlari chiqindilarining besh foizga keskin kamayishiga olib keldi, ammo sayyoramizning plastmassa bilan ifloslanishini oshirdi.