Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va YEI oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari, shu jumladan, turli darajadagi ikki tomonlama va mintaqalararo formatdagi boʻlajak tadbirlar muhokama etildi. Shuningdek, mazkur uchrashuvlar kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, shuningdek, moliyaviy va texnik hamkorlik, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish sohalarini yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzaro manfaatli munosabatlarni yanada faollashtirish uchun ishonchli platforma boʻlib xizmat qiladigan muntazam maslahatlashuvlar va muzokaralarni uyushtirish muhimligi qayd etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.