Yevropada issiq harorat ortidan qor yog'di

    Markaziy Yevropa va Bolqonda qor yog'di. Oldinroq bu mamlakatlar aholisi g'ayrioddiy issiq haroratga duch kelishgan, havo harorati 30 darajaga yetgandi.

    Seshanba kunidan buyon Avstriyaning ba'zi hududlarida qor yog'moqda, ammo dam olish kunlari havo harorati 30 darajadan oshdi. Xususan, Karintiyadagi Paksattel dovoni qor bilan qoplangan. Bir nechta baxtsiz hodisalar ro'y berdi. Favqulodda xizmatlar qorli daraxtlar yo'llar va elektr uzatish tarmoqlariga qulab tushishidan xavfsiramoqda.

    Xorvatiyaning Zagorye shahrida ham qor yog'di. Mamlakat bo'ylab qor va yomg'ir yog'di. Aholi hozir gullayotgan mevali daraxtlarga zarar yetmasligiga umid qilmoqda.

    Ikki kunlik jaziramadan keyin Ruminiyada havo harorati keskin tarzda, deyarli 20 darajaga pasaydi. Mamlakat shimoli-g'arbidagi Kluj-Napoka shahriga haqiqiy qish keldi. Agar seshanba kuni termometr 25 darajani ko'rsatgan bo'lsa, chorshanba kuni havo harorati 4 daraja edi.

    Klimatologlarning fikricha, bunday o'zgaruvchan ob-havo global isish tufayli kuchaymoqda.

    Bosniya va Gertsegovinaning tog'li hududlari, shuningdek, mamlakat poytaxti Sarayevo ham qor bilan qoplangan. Avvalroq bu yerdagi harorat deyarli 30 darajaga yetgan, bu Bolqonda bahor fasli uchun xos emas, deb xabar beradi ru.euronews.com.