Ta'kidlanishicha, restoranlar gigiena va sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda faoliyatini davom ettiradi.

         Parij hududida kasallik yuqtirganlar soni 100 ming nafar kishiga 270 nafarga etdi. 20 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar orasida 100 ming nafar kishiga 500 nafar yoshlar to'g'ri kelmoqda.  COVID-19ning o'tkir davrini boshidan o'tkazayotgan bemorlar uchun maxsus tayyorlangan reanimatsiya bo'limlari allaqachon 36% ga to'lgan.

      Ispaniyada, Madriddan keyin Kastiliya mintaqasining yana ikkita shahri — Palensiya va Leonda qat'iy karantin joriy etildi. Bundan buyon ushbu shaharlarni jiddiy sababsiz tark etish mumkin emas. Ammo mahalliy aholi tushkunlikka tushmadi:

      “Biz juda xotirjammiz, chunki o'zimizni munosib himoya qilamiz, shu sababli o'zimizni juda yaxshi va xavfsiz his qilyapmiz. Biz uchun bu holatning zarari yo'q” dedi.

        Ispaniyada jami 800 ming nafar kishida koronavirus infektsiyasi qayd etilgan. Har to'rtinchi holat — Madrid mintaqasida qayd etilmoqda. Ispaniyada koronavirusdan yuz berayotgan har uchinchi o'lim ham aynan shu hududda ro'y bermoqda.

       Irlandiya hukumati chorshanba kunidan boshlab mamlakat bo'ylab cheklov choralarini ko'rmoqchi. Bu erda turli tadbirlar o'tkazish taqiqlanadi va imkon qadar ijtimoiy masofa joriy etiladi. Ammo Irlandiya hukumati epidemiologlar tomonidan taklif qilingan qat'iy karantindan voz kechdi, chunki bu iqtisodiyotga putur etkazadi va kishilarni yuz minglab ish joylaridan mahrum qiladi.