The Herald nashri maʼlumotlariga koʻra, Daniyada har kuni 40-50 mingga yaqin koronavirus holati qayd etilayotgan boʻlsada cheklovlarning yumshatilmoqda.

“Bizda katta yoshdagilarni uch dozali vaksina bilan qamrab olish juda yuqori”, dedi Roskilde universiteti epidemiologi Lone Simonsen.

Daniyada endi niqob va COVID pasportlari majburiy boʻlmaydi, barlar va restoranlar bir necha soat ichida cheklanmaydi. Tungi klublar ham qayta ochilmoqda, yopiq bino ichida odamlar soniga cheklov olib tashlandi. Shunday qilib, Daniya barcha COVID cheklovlarini bekor qilgan Yevropa Ittifoqining birinchi davlatiga aylandi.

Shengenga aʼzo boʻlmagan mamlakatlardan kelgan emlanmagan sayyohlar uchun mamlakat chegaralarida faqat baʼzi cheklovlar qolmoqda.

Cheklovlarni bekor qilish taklifi oʻtgan hafta mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan bildirilgan va keyinroq parlament tomonidan maʼqullangan.