“Fur Free Europe” tashabbusi Yevropa Ittifoqiga aʼzo 18 davlatda 1,5 milliondan ortiq fuqarolar imzosini toʻpladi va payshanba kuni Yevropa parlamentiga tegishli qoʻmitalar tomonidan taqdim etildi.

Yevropa Ittifoqida moʻyna ishlab chiqarishni butunlay taqiqlash koʻplab fermer xoʻjaliklari yopilishiga olib kelishi va kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi korxonalarni moʻynasiz yoki sunʼiy moʻynali kolleksiyalar ishlab chiqarishga oʻtishga majbur qilishi mumkin.

Tashabbus maqsadi hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan, biroq ayrim ekspertlar Yevropa Ittifoqining moʻynali kiyimlar bozoridagi muhim mavqeini hisobga olib, Yevropa iqtisodiy zarar koʻrishi toʻgʻrisidagi xavotirlarni bildirgan. Bu xavotirlar asoslimikin?