Muzokara davomida joriy yil sentyabr oyida Yevropada eng mashhur zallardan biri boʻlgan Parij filarmoniyasi katta zalida oʻzbek sanʼatkorlari ishtirokida konsert oʻtkazish xususida kelishib olindi.

Kelishuvga binoan, mazkur konsert doirasida maqom va baxshichilik yoʻnalishida 4 ta konsert dasturlari namoyishi tashkil etiladi. Shu kabi masalalar muhokama etilgan uchrashuv har ikki tomon uchun samarali kechdi, deb yozmoqda vazirlikning axborot xizmati.