TASS xabarida aytilishicha, koʻhna qitʼada gaz bahosi tezlik bilan oshib bormoqda. Bundan uch kun oldin, yaʼni 4-mart kuni ming kub metr gaz 2400 dollardan sotilgan boʻlsa, bugun uning narxi 3000 dollarga yetdi.
Gaz narxining bunday tez koʻtarilishiga Ukrainadagi vaziyat sabab boʻlyapti. Shuning uchun Xalqaro energetika agentligi – XEA Yevropa mamlakatlariga Rossiya gaziga qaram boʻlib qolmaslikni tavsiya etmoqda. XEA vakilining aytishicha, koʻhna qitʼada boshqa alternativ manbalar, deylik AESlardan unumli foydalanish hisobiga gaz isteʼmolini yiligi 50 milliard kub metrga kamaytirish mumkin.