YеXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Mamlakatimizda 5 Iyul 2023 682

    2023-yil 4iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (YеXHT DIIHB) saylovni kuzatish missiyasi rahbari Ursula Gachek bilan uchrashdi.

    Qonun ijodkorligi jarayonini takomillashtirish sohasida YеXHT DIIHB bilan hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, boʻlajak Prezidentlik sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Boʻlajak saylov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga doimiy tus berishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

    Mamlakatda saylov qonunchiligi va saylovlarni tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalarni amalga oshirishda samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

    Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

    Tomonlar saylov qonunchiligini demokratlashtirishning turli jihatlari boʻyicha hamkorlik va oʻzaro aloqalarni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.