Vazir oʻrinbosari U.Gachekni joriy yil 9-iyulda boʻlib oʻtadigan OOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish boʻyicha YEXHT DIIHB missiyasi oʻz ishini boshlagani bilan tabrikladi.
Uchrashuvda DIIHB kuzatuvchilar missiyasining Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonidagi ishtiroki bilan bogʻliq masalalar muhokama etildi.
Tomonlar uzoq muddatli va samarali hamkorlikni, birinchi navbatda, Oʻzbekiston Respublikasi saylov qonunchiligini takomillashtirish doirasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Oʻzbekiston Prezidenti saylovini kuzatish missiyasining faoliyati doirasida konstruktiv hamkorlikka ikki tomon ham tayyor ekani alohida taʼkidlandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.