YEXHT Oʻzbekiston Konstitutsiyasi boʻyicha takliflar berdi

    Mamlakatimizda 18 Iyun 2022 1984

    Bu haqda Oliy Majlis palatalari Kengashlarining navbatdagi qoʻshma majlisida Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov maʼlum qildi:

    — Men xorijdagi koʻzga koʻringan arboblardan ikkitasining fikrini aytmoqchi edim. Birinchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau Oʻzbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar oʻz vaqtida oʻtkazilayotganini, bu borada mamlakatni qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini taʼkidladi.

    Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huhuqlari boʻyicha byurosi uzoq muddatli missiyasi rahbari Ouen Myorfi bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasida uchrashuv boʻldi. Muloqot davomida xorijiy delegatsiya aʼzolari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar tashabbusini qoʻllab-quvvatlashini bildirishdi.

    Shu yerda bitta narsani aytib oʻtib ketay. YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi ikkita taklifni ilgari surmoqda.

    Birinchisi, prezidentlik yoki deputatlikka nomzodlarni koʻrsatishda qoʻyilgan talablar — respublika hududida muayyan muddat yashagani hamda til bilishiga oid talablarni olib tashlashimizni, bu cheklov ekanini aytishmoqda.

    Ikkinchisi, muomala layoqati cheklanganlarga, yaʼni aqli norasolarga ham saylash huquqini berishimizni soʻrashmoqda.

    Biz keyingi muhokamalarimizda bu takliflarlarga ham eʼtibor bersak juda yaxshi boʻlardi».