TIV maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi siysat idorasi rahbari Margarita Sederfeltni joriy yilning iyul oyida Assambleya raisi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalari va YEXHT PA o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Vladimir Norov YEXHT Parlament Assambleyasi raisiga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan jadal va keng ko‘lamli demokratik islohotlar haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilganidek, Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yana-da oshirishdan iborat.
2023 yilda O‘zbekistonda YEXHT PAning kuzgi sessiyasini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.