Uchrashuvda odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, xotin-qizlarning barcha yoʻnalishlarda huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, gender tenglik masalalarida hamkorlikdagi ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama etildi.
«Yangi Oʻzbekiston – xalqchil va insonparvar davlat» gʻoyasi asosida davlat va jamiyatning siyosiy-huquqiy poydevorini mustahkamlashga, bu jarayonlarda inson huquqlari tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganligi taʼkidlandi.
YeXHT Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini, jamiyatni isloh qilishda mamlakat parlamentining roli ortib borayotganini qayd etdi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar yaqin muloqotni va hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar, deb xabar beradi oliy Majlis Senati matbuot xizmati.