Avval xabar berganimizdek Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari va ko'plab loyiha mualliflari "EXPO 2020 Dubai" ko'rgazmasida ishtirok etmoqda.
— "Oroldagi bog'im" loyihasi Orol dengizining qurigan tubi tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirilgan o'simliklar maydonlarini kengaytirish, yerdan foydalanish unumdorligini oshirishga qaratilgan bo'lib, unda xohlagan odam jahonning istagan nuqtasidan qatnashib, ezgu ishga o'z hissasini qo'shishi mumkin. Taqdimotimizni kuzatganlar loyihadan ko'zlangan maqsadni qo'llab quvvatladi. Ko'rgazma doirasida O'zbekiston paviloniga kelgan ko'plab mehmonlar "Oroldagi bog'im" loyihasi ishtirokchisiga aylandi. Xususan, "Dubai Refreshment“ kompaniyasi rahbari Said Muhammad al-Ali, ”HollyMan Holdings" shirkati ijrochi direktori Yusuf el Sheyx mazkur loyihada faol ishtirok etdi, — deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshlig'i Jamoliddin Boboxonov.