Yeyiladigan upakovka: Olimlar yeyiladigan plyonka yaratdi

    Bilasizmi? 6 Aprel 2021 1434

    Rossiyalik olimlar tanovul uchun xavfsiz plyonka yaratdi. U ozuqa tarkibidagi komponentlaridan tarkib topgan boʻlib, ular bir sutkada suvda eriydi, lekin ekologiyaga nojoʻya taʼsir oʻtkazmaydi.

    Ural universiteti xodimi Rammoxon Aluru yangi texnologiya haqida xuddi quritilgan meva haqida soʻzlagandek tushuntiradi. Aslida bu bir muncha murakkabroq. Ozuqa plyonkasi ustida Hindiston va Rossiya mutaxassislari ish olib boryapti. Mazkur upakovkani isteʼmol qilsa ham, u bilan oziq-ovqatlarni konservatsiya qilsa ham boʻladi.

    “Plyonkani yaratish uchun biz tabiiy komponentlardan foydalanamiz. Bizning plyonkamiz suvda erib ketadi. Va albatta, u kelajakni oʻzgartiradi. Agar uni sanoat miqyosida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻysa, u albatta sintetik plyonkaning oʻrnini bosa oladi. Bu unchalik qiyin ham emas, va atrof-muhit uchun xavfsizdir”, — deb hisoblaydi Ural Federal universiteti ilmiy xodimi Rammoxon Aluru.

    Ishlanmaning asosini suv oʻsimliklaridan olinadigan natriy alginati polimeri tashkil etadi. Oziq-ovqatlar va kosmetikada u E140 sifatida uchraydi. Ikkinchi komponenti esa ferul kislotasi. U lavrlar turkumiga kiruvchi doimiy yashil daraxtlarda boʻladi va biriktiruvchi material sifatida ishtirok etadi. Kislota qanchalik koʻp boʻlsa, plyonka shunchalik mustahkam boʻladi. Va bu qogʻozdan ming baravar yupqa boʻlishiga qaramay.

    Plyonka goʻsht mahsulotlarini, kesilgan meva va sabzavotlarni oʻrash uchun ishlatishga qulay. Bunda ularning taʼmi va rangi oʻzgarmaydi. Upakovkaning oʻzining deyarli taʼmi yoʻq. U oziq-ovqatning aynishini va mikroblar tarqalishini sekinlashtiradi. Keyin uni tanovul qilsa yoki utilizatsiya qilsa boʻladi, deb xabar beradi “MIR 24”.