Andijonda muhtaram Prezidentimiz bilan koʻrishganimizdan bagʻoyat xursandmiz.

Biz uchun Yangi Andijon bogʻidan pavilyon ajratilganligi bu madaniyat koʻpriklarini yanada mustahkamlash, turli xalqlar oʻrtasidagi yangi ijodiy hamkorliklar va bagʻrikenglik muhitini kengaytirish imkonini bermoqda.

Bizning oʻz anʼanalarimiz bor, tilimiz, musiqamiz, libosimiz, bayramlarimiz bor. Va buning barchasini erkin ravishda yurtimizda namoyon etyapmiz. Bu xalqimizning siyosiy irodasi orqali taʼminlangan erkinlikdir.

Biz, madaniy markazlar vakillari koʻp millatli xalqimizning ezgu maqsadlariga xizmat qilish, millatlararo doʻstlikni rivojlantirish va kelajak avlodga yuksak maʼnaviy muhit qoldirish uchun kamarbasta boʻlamiz.

Yashasin, bagʻrikeng, tinch va adolatli Oʻzbekiston!

Obidjon Nosirov,

Oʻzbekiston XDP Jalaquduq tuman kengashi raisi,

Andijon viloyatidagi Qirgʻiz milliy madaniy markazi rahbari.