Xususan, YAngi yil bayrami arafasida Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi va viloyat hokimligi hamkorligida barcha tuman-shahardagi nogironligi bois uyida ta'lim olayotgan 200 nafarga yaqin bolalar Qarshi shahridagi Qo'g'irchoq teatriga olib kelinib, ularga teatr tomoshalari, bayram kontsert dasturlari tashkil etib berildi. Tadbirda bolajonlarga bayram sovg'alari ham ulashildi.
Bundan tashqari, viloyatdagi ehtiyojmand, yakka yolg'iz yashovchi, nogironligi bor va boquvchisini yo'qotgan 100 ga yaqin murojaatchilar oilalariga 0,5 tonnadan ko'mir, isitish pechlari, oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berildi.
Bunday ezgu amallar barcha hududlarda davom etmoqda.