Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida oʻtadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.
Murabbiylar shtabida Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:
- Aujeniyo Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, “Yuventus”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da ishlagan);
- Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiy (“Benevento”, “Udineze” va “Dinamo Zagreb”da faoliyat yuritgan);
- Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, “Sampdoria” va “Spal” klublarida ishlagan).









