Uning taʼkidlashicha, jahon chempionatida ishtirok etish har bir futbolchi va murabbiy uchun ulkan orzu hisoblanadi.
“Bu ajoyib tuygʻu. Jahon chempionatida ishtirok etish har bir insonning orzusi. Mashgʻulotlarni boshlashni, oʻyin oʻtkazishni va bu jarayondan zavq olishni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Odatda jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish oson boʻlmaydi. Turli kichik muammolar boʻladi, ammo biz imkoni boricha eng yaxshi holatda boʻlishga harakat qildik”, — dedi Kannavaro.
Murabbiyning soʻzlariga koʻra, jamoa ilk uchrashuvga puxta tayyorgarlik koʻrmoqda va oʻyinga tayyor boʻlish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
“Oʻzbekistonliklarga shuni aytmoqchimanki, biz qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Maydonda bor kuchimizni beramiz, oxirgi soniyagacha kurashamiz. Chunki dunyoning qayerida boʻlishidan qatʼi nazar, barcha oʻzbekistonliklar bizdan faxrlanishini istaymiz”, — dedi murabbiy.