"Ma’lumotlar markazlari o‘rtasida tarmoq trafigini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan magistral marshrutizatorlarning konfigurasiyasi o‘zgarishi aloqani uzib qo‘ygan. Tarmoq trafigining buzilishi bizning ma’lumotlar markazlarining ulanishiga kaskadli ta’sir ko‘rsatdi, bu esa bizning xizmatlarimizning ishlashini to‘xtatishga olib keldi", – deydi mutaxassislar.
Facebook, Instagram va WhatsApp'dagi uzilishlar foydalanuvchilarning ma’lumotlarini oshkor bo‘lishiga olib kelmagan.
Facebook, Instagram, WhatsApp va kompaniyaga tegishli boshqa qator ilovalar foydalanuvchilar uchun dushanba kuni deyarli 7 soat davomida ishlamadi. Uzilishlar sabab ijtimoiy tarmoq 5% ga o‘rnini yo‘qotdi va uning asoschisi Mark Sukyerbyerg deyarli 7 milliard dollar zarar ko‘rdi.