Facebook nomini oʻzgartiradi

    Facebook kompaniyasi keyingi hafta nomini oʻzgartirishni rejalashtirgan. Bu haqda ria.ru xabar bermoqda.

    Gap shundaki, mazkur ijtimoiy tarmoq rahbari Mark Sukerberg har yili oʻtkaziladigan Facebook Connect konferensiyasida kompaniyani qayta nomlash masalasini koʻrib chiqishni rejalashtirgan.

    Kompaniyaning yangi nomi sir tutilmoqda. Yangi nom Facebook tomonidan taqdim etilgan Horizon virtual ofisi bilan aloqador boʻlishi mumkin.

    Maʼlumot oʻrnida: Facebook ijtimoiy tarmogʻiga 2004-yilda Mark Sukerberg tomonidan asos solingan. Boshqaruv idorasi Menlo-Park shahri (AQSH)da joylashgan. Messenger, WhatsApp va Instagram messenjerlari ham Facebook tarkibiga kiradi.