Facebook va Instagramning global miqyosda ishdan chiqishining sabablari ma'lum qilindi

    Meta kompaniyasi 5-mart kuni Facebook va Instagramdagi global uzilishga “texnik muammo” sabab bo'lganini aytdi. Bu haqda Meta kompaniyasining aloqa bo'limi rahbari Endi Stoun ijtimoiy tarmoqda yozdi.

    Unga ko'ra, kompaniyaning o'zida texnik xato bo'lgan bo'lishi mumkin. Meta “jabrlanganlar uchun muammoni imkon qadar tezroq hal qildi va biz har qanday noqulaylik uchun uzr so'raymiz”, deb yozdi Stoun.

    Ko'pgina ommaviy axborot vositalari nosozlikni 4-mart kuni husiylarning hujumi tufayli Qizil dengizdagi suv osti internet simlarining shikastlanishi bilan bog'lashdi. Gongkonglik HGC provayderining aytishicha, natijada to'rtta sim shikastlangan. Bu ushbu provayder simlari orqali Yevropa, Osiyo va Afrika o'rtasidan o'tadigan trafikning taxminan 25 foiziga ta'sir qildi.

    Ammo mazkur nosozliklar aloqa simlarining o'ziga zarar yetkazish natijasiga o'xshamaydi. Facebook foydalanuvchilarining ko'pchiligi o'z akkauntlariga o'z loginlari bilan kira olmaganliklarini aytishdi.

    Instagram tasmani ko'rish paytida xato yuz bergani haqidagi xabarlarni ko'rsatgan va shaxsiy profillarda joylashtirilgan fotosuratlarni ko'rishning imkoni bo'lmagan. Umuman olganda, eng ko'p muammolar ijtimoiy tarmoqlarda avtorizatsiya bilan bog'liq. Shunga qaramay Meta kompaniyasiga tegishli bo'lgan WhatsApp messenjeriga zarar yetmagan, deb xabar beradi detaly.co.i.