Joriy yilning 15-oktyabr kuni Yevro-2024 saralashi doirasida Kosovo – Isroil terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin kechiktirilgani haqida xabar bergan edik. Yaqin Sharqdagi notinchlik tufayli Falastin milliy jamoasi ham navbatdagi oʻyinlarini Jazoirda oʻtkazishga qaror qildi.
Jazoir futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabariga qaraganda, Falastin futbol assotsiatsiyasi rahbari Jabroil Rajubning iltimosiga koʻra, Jazoir Falastinning navbatdagi rasmiy oʻrtoqlik oʻyinlarini oʻzida oʻtkazishga tayyor. Masalan, shu yilning 21-noyabr kuni Falastinning Avstraliyaga qarshi oʻyini Jazoirda tashkil etiladi.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash lozimki, Jazoir futbol federatsiyasi Falastin uchun 2026-yilgi jahon chempionati va 2027-yilgi Osiyo Kubogi saralash oʻyinlarini tashkil etish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.