Falcon 9 raketasi Starlink internet-sun'iy yo'ldoshlarini orbitaga olib chiqdi

    Falcon 9 raketa-tashuvchisi yakshanba kuni 23 ta mini-sun'iy yo'ldoshning navbatdagi partiyasini orbitaga chiqardi.

    Bu haqda SpaceX kompaniyasi “X” ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

    Raketa AQShning Tinch okeani sohili vaqti bilan 00:24 da Kaliforniyadagi Vandenberg koinot kuchlari bazasidagi SLC-4E raketa maydonidan uchirildi. Taxminan bir soat o'tgach, sun'iy yo'ldoshlar tashuvchining ikkinchi qismidan ajralib, orbitaga chiqdi.

    2019-yilning may oyidan beri SpaceX kompaniyasi Starlink loyihasi doirasida 6,8 mingdan ortiq shunday sun'iy yo'ldoshlarni uchirdi. Ulardan ba'zilari muvaffaqiyatsizlikka uchradi yoki orbitani tark etdi, deb xabar beradi report.az.