Joriy yilning 3-8-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan (I guruh fanlari) asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichiga start berildi.

Ushbu bosqichda respublika boʻyicha 15 937 nafar 9-10-11-sinf oʻquvchisi ishtirok etmoqda.

Amaldagi tartib boʻyicha mazkur bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar:

  • 1-oʻrin uchun 1,8 mln soʻm;
  • 2-oʻrin uchun 1,2 mln soʻm;
  • 3-oʻrin uchun 0,9 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Joriy yilda gʻoliblarni ragʻbatlantirish va taqdirlash maqsadida Respublika byudjetidan qariyb 3 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu tartib 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 562-sonli qarori bilan joriy qilingan boʻlib, oʻtgan oʻquv yilida 2,7 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan edi.