«Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini kredit-model tizimida tashkil etish ishlari 2020-21-oʻquv yilidan joriy etib kelinyapti.
Asosiy oʻzgarishlar — ilgari oʻquv haftalari 38-40 hafta atrofida boʻlardi. Kredit-model tizimi joriy etilgach, bu muddat 36 haftaga tushdi. Soddaroq qilib aytganda, akademik dars jarayonlari 10 oydan 7,5-8 oyga tushirildi.
Talaba bir semestrda 15 hafta tahsil oladi. Agar bir semestrga 18 hafta ajratilgan boʻlsa, uning ikki haftasi talabalar uchun oʻzlashtirilmagan fanlarini oʻzlashtirishga, yana bir haftasi yangi fanlar hamda oʻqituvchilarni tanlashga sarflanadi.
Yana bir muhim jihati — uchinchi, yozgi semestr ham qoʻshilgan. Bu — taʼtil davriga toʻgʻri keladi va talabalarning arizasiga koʻra, fanlardan baho olmaganlar uchun tashkil etiladi. Uchinchi semestr uchun ariza bergan talabalar belgilangan tartibda qoʻshimcha mablagʻni amalga oshiradi.
Hozircha bu tizim boʻyicha savollar boʻlyapti, ammo uch yildan soʻng barcha bu tizimga toʻliq moslashadi», — dedi Xoliqov.








