FAO Savdo va bozorlar direktori Boubaker Ben-Belhassen bu haqda shunday degan:
"FAO tomonidan tahlil qilingan barcha oziq-ovqat mahsulotlarida COVID-19 pandemiyasining ta'siri turli xil darajada sezilmoqda. Umuman olganda, COVID-19 oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirdi. Ammo bizning tahlillarimiz, global nuqtai nazardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori ko‘plab boshqa bozorlarga qaraganda pandemiya sharoitiga bardoshli ekanini ko‘rsatdi. Biroq bundan xotirjamlikka berilmay, har qanday noaniqliklarni engib o‘tish zarur"
FAO hisobotiga ko‘ra, 2020-yilda dunyo bo‘yicha g‘alla ishlab chiqarish o‘tgan yildagi rekord darajadan 2,6 foizga oshadi. G‘alla savdosida ham yangi rekord qayd qilinishi mumkin. Go‘sht ishlab chiqarish, aksincha, bozorning funksional buzilishi hisobiga 1,7 foiz ga pasayadi. Ammo xalqaro go‘sht savdosi asosan Xitoydan importning ko‘payishi hisobiga biroz o‘sishi mumkin.
COVID-19 dengiz mahsulotlari bozorlariga, ayniqsa, restoranlarda mashhur bo‘lgan mahsulotlar va baliq turlariga jiddiy ta'sir ko‘rsatishda davom etadi.
Shakar bozorida ishlab chiqarishning pasayishi kutilmoqda. Sut ishlab chiqarish esa barqaror bo'lib, 2020-yilda 0,8 foizga o'sishi mumkin. Biroq, dunyoda sut mahsulotlarining eksporti import qiluvchilarning beqaror talablari tufayli 4 foiz qisqarishi mumkin.