Xususan, Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari F.Boqiyev barcha OAV vakillarini mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga Faxriy yorliqlarni topshirdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Senator oʻz tabrik soʻzida yurtimiz taraqqiyoti yoʻlidagi ezgu maqsadlarni roʻyobga chiqarish, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni atroflicha aks ettirish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, xalqimiz maʼnaviyatini boyitish borasidagi xayrli ishlarda jurnalistlarning munosib hissasi borligini taʼkidladi.