Faoliyati toʻxtab qolgan 134M sonli yoʻnalish qayta tiklandi

    Toshkent shahrida faoliyati toʻxtab qolgan 134M sonli yoʻnalish qayta tiklandi.

    Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

    Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi maʼlumotiga koʻra yoʻnalish nomi oʻzgartirilib “Al-Xorazmiy mavzesi bekati – Agrar universiteti bekati” etib belgilandi.