Faollashtirilgan koʻmir (ugol) haqida siz bilmagan faktlar

    Bilasizmi? 25 Yanvar 2021 75800

    Faollashtirilgan koʻmir (ugol) tanani tozalashning dunyodagi eng qadimgi va eng mashhur usullaridan biridir. Koʻpchilik ushbu preparatni nafaqat zaharlanishda yordam beradigan, balki vazn yoʻqotish va sochlarning oʻsishiga yordam beradigan universal vosita deb hisoblaydi.

    1. Boshqa dorilar bilan oʻzaro aloqasi?

    Koʻpchilik tomonidan yaxshi koʻrilgan qora tabletkalar ham foyda, ham zarar yetkazishi mumkin. Faollashtirilgan koʻmir baʼzi dorilarni adsorbsiya qiladi, masalan antidepressantlar va yalligʻlanishga qarshi dorilarni, shu sabab ularni birgalikda ishlatish tavsiya etilmaydi.

    2. Terini tozalaydimi?

    Faollashgan koʻmir terini parvarish qilish mahsulotlarining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Uning afzalliklari adsorbsion va gʻovakli tuzilishi bilan izohlanadi.

    3. Yomon xolesterinni yoʻq qiladi?

    Faollashtirilgan koʻmir yomon xolesterin bilan kurashishga va qon tomirlarini tozalashga yordam beradi deb ishoniladi. Ammo dori qon oqimiga kirmaydi, demak, prinsipial jihatdan uni tozalashi mumkin emas.

    4. Ozishga yordam beradimi?

    Kilogramm yoʻqotish uchun faol lashtirilgan koʻmir kursi foyda bermaydi. Preparat zaharlanishdan keyin toksinlarni oʻzlashtirishi mumkin (maʼlum vaqt ichida), ammo yog yoʻqotish xususiyatiga ega emas. Vazn yoʻqotish uchun ortiqcha yogʻlar va uglevodlarni tanadan chiqarib tashlash kerak.