Jahongirning muammolari, qiziqishlari, orzu va maqsadlari bilan yaqindan tinishdi. Musiqa yozishga qiziqishi bo‘lgan Jahongirga rektor tomonidan zamonaviy Mac Book Air kompyuteri sovg‘a qilindi.

FarDU jamoasining bu mehr va e’tiboridan ko‘ngli ko‘tarilgan bo‘lajak musiqachi rektorga chuqur minnatdorlik bildirar ekan, o‘z iqtidorini to‘liq namoyon qilishga munosib sharoit yaratilganini, kelgusida kompyuter yordamida yangi musiqalar yozishini ta’kidlab o‘tdi. 

Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona davlat universiteti rektoriga Farg‘ona shahri va So‘x tumanida yashovchi 124 nafar yosh biriktirilgan.