Novosibirsk — Fargʻona — Novosibirsk yoʻnalishi boʻyicha havo qatnovi Airbus A320 rusumli samolyotlarda haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda aviatashuvchi Toshkent, Samarqand va Urganch xalqaro aeroportlariga parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib kelyapti.
“S7 Airlines”ning shtab-kvartirasi Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk shahrida joylashgan. Kompaniya 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlarini parvozlar orqali qamrab olgan Rossiyaning eng yirik xususiy aviatashuvchisi hisoblanadi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports.