Fargʻona: 20 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi

    Fargʻona viloyatida yoʻlovchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida 20 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi.

    Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, Fargʻona viloyatida aholiga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida “Fargʻonaavtotrans xizmat” MCHJ tomonidan 8 dona “ASIA STAR” avtobuslari “Toshloqyoʻlovchitrans” MCHJ tomonidan esa 12 dona “YUTONG” avtobuslari xarid qilindi.

    Mazkur avtobuslar tez orada Fargʻona shahri avtobus yoʻnalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat koʻrsatishni boshlaydi.

    Eslatib oʻtamiz, joriy yil yakuniga qadar hududlar uchun 1000 dona avtobus olib kelish rejalashtirilgan.