Fargʻona davlat universiteti dunyo reytingida porladi

    Fargʻona davlat universiteti jahonning nufuzli xalqaro reytingida sensatsion natija koʻrsatdi.

    Qayd etilishicha, bunda FarDU ushbu jahon miqyosidagi “HE Higher Education Ranking” reytingining xolis eʼtirofga sazovor boʻlib, 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu shunchaki raqam emas, bu — universitet rahbari va jamoasining fidokorona mehnati, professor-oʻqituvchilarining yuqori ilmiy salohiyati, talaba-yoshlarining taʼlim sifatiga berilgan munosib bahodir.

    Aytish kerakki, bu kabi xalqaro reytinglar dunyodagi eng obroʻli va ishonchli manbalardan biri hisoblanadi. Quvonarlisi, “HE Higher Education Ranking” reytingida 8469 ball bilan yuqori oʻrinni egallash universitetning jahon taʼlim maydonidagi nufuzini oshiradi, xorijiy talabalar va hamkorlar uchun jozibador qiladi hamda bitiruvchilarining kelgusidagi karyerasi uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

    Fargʻona davlat universitetining bu galgi yutugʻi nafaqat universitet tarixida, balki butun Oʻzbekiston taʼlim tizimida muhim voqeadir. Bu xushxabar mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari jahon standartlariga javob bera olishining yaqqol isboti boʻldi.


    Hamkorlik materiali