Bunday noqonuniy holatlarga chek qoʻyish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Jumladan, Rishton tumani xalq taʼlimi boʻlimi xodimi oʻzining tanishi boʻlgan ayol bilan til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 nafar fuqaroni Fargʻona davlat universitetining maktabgacha va boshlangʻich taʼlim hamda huquqshunoslik fakultetlariga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 18 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Fargʻona davlat universitetining harbiy taʼlim fakulteti dekani oʻrinbosari 4 nafar abituriyentni ushbu fakultetga oʻqishga kirishlarida amaliy imtihonlardan oʻtkazib berish evaziga har bir uchun 5,1 million soʻmdan talab qilib, jami 20,4 million soʻm olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.