Bu haqda Fargʻona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Shu yilning 18-avgust kuni fuqarolar Sh.R. hamda M.P.lar birgalikda, mast holda S.Temur koʻchasidagi “Oziq-ovqat” doʻkoniga kirib, sotuvchi bilan kelishmovchilik sababli uni uyatli soʻzlar bilan haqorat qilgan.
Doʻkonga xaridor sifatida kirgan X.I. va uning turmush oʻrtogʻi S.I.lar jamoat joyida soʻkinib, shovqin qilmaslik kerakligini aytishganda, Sh.R. va M.P.lar X.I. hamda S.I.larning badanini turli joylariga urishib, tan jarohati yetkazgan.
Shuningdek, oʻzlarining tartibsizliklarini davom ettirib, doʻkondagi oziq-ovqat mahsulotlarga zarar yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB tomonidan jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olinib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.