Fargʻona kanalidan odam jasadi topildi

    Hozirda ushbu holat yuzasidan Bagʻdod tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Fargʻona viloyati IIB tomonidan Fargʻona kanalida odam murdasi oqib kelganligi haqidagi xabar oʻrganildi.

    Maʼlum boʻlishicha, shu yilning 25-iyun kuni Bagʻdod tumani, Qatagʻon mahallasida yashovchi fuqaro Oʻ.T. Samandarak MFY hududidan oqib oʻtuvchi “Katta Fargʻona” kanaliga choʻmilish maqsadida tushib, choʻkib ketib ketgan.

    28-iyun kuni Oʻ.T.ning murdasi tashqi koʻrinishidan tan jarohatlarsiz Oʻzbekiston tumani, Zinasha mahallasi hududidan oqib oʻtgan “Katta Fargʻona” kanalidan topilgan.

    Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.