Bozori xaridorgir mahsulotga nafaqat oʼzimizda, balki chet davlatlarda ham talab ortib bormoqda. Oʼtgan davrda Rossiya va Qozogʼiston davlatlariga malina eksport qilingan boʼlsa, endi Yevropaga ham eksport qilish boshlandi.
Tumanda faoliyat yuritayotgan “Vodil” fermer xoʼjaligi va Polshaning “Zinotrade” firmasi oʼrtasida qiymati 500 ming yevro boʼlgan shartnoma imzoladi. Unga koʼra fermer xoʼjalik tomonidan 200 tonnadan ziyod malina ushbu davlatga yetkazib beriladi. Kuni kecha ushbu mahsulotning qiymati 53,4 ming yevro boʼlgan 20 tonnalik birinchi partiyasi joʼnatildi.
Tumanning iqlim sharoiti va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, kelgusida malina yetishtirishni kengaytirish va eksport hajmini oshirish boʼyicha katta ishlar olib borilmoqda.
Fargʼona tumanining Dilkusho mahallasi hududida 1000 ta oilaning bandligini taʼminlaydigan 300 gektarlik malina plantatsiyasi barpo etish boʼyicha amaliy ishlarga kirishilgan.
Kelgusida tumanda ekoturizm maskani, maxsus sovutkichli omborxona va malinani qayta ishlovchi korxona tashkil etish ham rejalashtirilgan.